Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat prokuraturasi vakillari ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, uning jamiyat va rivojlanishga ta’sir etuvchi salbiy oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berishdi.
Uchrashuv davomida savol-javoblar qizg‘in tarzda olib borildi. Talabalar faol ishtirok etib, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaning zararli oqibatlari hamda ularning huquqiy javobgarligi haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Shundan so‘ng, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlar bellashuvi g‘oliblari tantanali ravishda munosib taqdirlandi.