Bugun institutda talabalar hayotida muhim iz qoldiradigan, samimiy va mazmunli muloqot tashkil etildi. Navbatdagi **"Rah**bar va yoshlar" uchrashuvining mehmoni — **"O‘zmilliybank" AJ Farg‘ona filiali rahbari Qurbanov Tohirjon Shukurjonovich** bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Tohirjon Shukurjonovich o‘zining hayotiy tajribasi, bank sohasidagi faoliyati va muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi. Bugungi kunda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, moliya va tadbirkorlik sohasidagi islohotlar alohida ta’kidlandi.
**Muloqot davomida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tildi:**
✅ Zamonaviy kadrga qo‘yiladigan talablar;
✅ Moliyaviy savodxonlik va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;
✅ Muhandislik va texnologiya sohasida bank xizmatlarining o‘rni.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisidan batafsil javob oldilar.