Loading...
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya_tajribasi
Yangiliklar

#Xalqaro_hamkorlik #Koreya_tajribasi

06.06.2026 07:02
Orqaga Telegramda ko'rish

#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya_tajribasi
Koreya Respublikasida CAMTIC (Ilg‘or mexatronika texnologiyalari instituti) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha o‘quv-amaliyot dasturi davom etmoqda.

Mazkur dasturda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandislik kafedrasi dotsenti Akromov Shoxrux ham ishtirok etmoqda. U Smart Farm tizimlari, raqamli texnologiyalar va zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar aqlli issiqxonalarda qo‘llaniladigan sensorlar, videokuzatuv tizimlari, dronlar hamda raqamli boshqaruv yechimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Xalqaro tajriba almashinuvi va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam!

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!